24 iyun kuni soat 19:27 larda Andijon viloyati IIB TXTBga Paytug` temir yo`l bekati boshlig`i telefon orqali Paytug` bekatida vagon ustiga chiqqan fuqaroni yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi haqida xabar berdi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, bo`sh vagonlar ustiga chiqqan, Izboskan tumani, Paytug` shahar, “A.Temur” MFYda yashovchi, 2008 y.t. voyaga etmagan Ch.T. ekanligi, va uni o`z ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishli elektr toki urganligi aniqlangan.
Ch.T.ga zudlik bilan birinchi yordam ko`rsatilib, Paytug` tuman tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo`limiga yotqizilganligi ma`lum qilingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.






