AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 500ga yaqin koronavirusga chalinish holati qayd etildi

'O`zbekistonda yana 500ga yaqin koronavirusga chalinish holati qayd etildi'ning rasmi

2021 yil 26 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 109223 (+493) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 25 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 22 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 36 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 49 nafari Xorazm viloyatida,
  • 41 nafari Toshkent viloyatida,
  • 119 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 19 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 59 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 17 nafar,
  • Toshkent viloyatida 135 nafar,
  • Toshkent shahrida 283 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 105006 (+545) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 729 nafarni tashkil qildi.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3488 nafar bemor davolanmoqda.

Boshqa yangiliklar