O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaev jurnalistlarning kasb bayrami munosabati bilan tabrik yo`lladi.
"27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni respublikamizda bir necha yillardan buyon an`ana sifatida keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram nafaqat soha xodimlarining, balki butun jamiyatimiz uchun xam muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun davlatimiz va jamiyatimizning rivojlanishida soha xodimlarining ulkan hissalari bor. Ular mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy jarayonlarni, dunyoda yuz berayotgan voqealarni xalqimizga xolisona etkazib berishdek mas`uliyatli vazifani sidqidildan bajarib kelmoqdalar.
Jonkuyar, fidoyi kasb egalari adolat va haqiqatni qaror toptirish yo`lida Vatanimiz manfaatlarini, obro`sini yuksaltirish uchun bor bilimlari, salohiyatlarini safarbar etmoqdalar.
Ular bundan keyin xam yangilanib borayotgan O`zbekistonning taraqqiyoti yo`lida tinmay mehnat qilishlariga, yurtimizning ijobiy imidjini shakllantirish ishlariga katta hissa qo`shishlariga ishonamiz.
Aziz do`stlar!
Sizga mustahkam sog`lik, oilaviy baxt-saodat tilayman! Qalamingiz hamisha o`tkir bo`lib, sermazmun ijod qilishdan aslo charchamang!", – degan Senat Raisi o`zining telegram sahifasida.