️26 iyunda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 100180 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 66827 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 17034 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 16319 nafarni tashkil qildi.
️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 3280736 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 1932975 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1145294 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 202467 nafarni tashkil qildi.
26 iyun kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (27410 doza),
- Namangan viloyati (10556 doza),
- Toshkent viloyati (9733 doza)
band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Namangan viloyatida 395321 doza,
- Farg`ona viloyatida 374916 doza,
- Andijon viloyatida 366096 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






