1

"Toshshahartransxizmat" Toshkent viloyatiga chiquvchi avtobus yo`nalishlariga hozircha cheklov qo`yilmaganini ma`lum qildi

Jamiyat 28.06.2021, 08:03
"Toshshahartransxizmat" Toshkent viloyatiga chiquvchi avtobus yo`nalishlariga hozircha cheklov qo`yilmaganini ma`lum qildi

Ma`lumki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021 yil 28 iyun kunidan boshlab 12 iyulga qadar, Toshkent shahriga qo`shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o`ta zarurat bo`lmagan hollarda kirish bo`yicha cheklovlar o`rnatildi.

Hozirgi kunda, «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan 24 ta avtobus yo`nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. Ushbu yo`nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo`lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda ta`lim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo`nalishlarning faoliyati o`z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi. Bu haqda Jamiyat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo`nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo`lovchilarga oldindan ma`lumot beriladi.

Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi, deyilgan rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1