1

Jizzaxdagi "zapravka"da “Matiz” va “Nexia” yonib ketdi

Jamiyat 28.06.2021, 10:30
Jizzaxdagi "zapravka"da “Matiz” va “Nexia” yonib ketdi

Bugun, 28 iyun kuni soat 5:40da Jizzax viloyati Jizzax shahar “Sangzor” MFY O.Azimov ko`chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong`in kelib chiqqan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar berdi. 

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan ma`lumotga ko`ra, shoxobchadagi “Matiz” hamda “Nexia” rusumli avtomashinalarga gaz to`ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong`in kelib chiqqan.  

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in o`z vaqtida o`rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etildi.

Ushbu holatda jabrlangan va halok bo`lganlar aniqlanmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1