1

"Hazillashmoqchi bo`lgan". «Prokuratura xodimlari shunchalik zo`rmi?!» nomli audioyozuvga izoh berildi

Jamiyat 28.06.2021, 12:24
"Hazillashmoqchi bo`lgan". «Prokuratura xodimlari shunchalik zo`rmi?!» nomli audioyozuvga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Prokuratura xodimlari shunchalik zo‘rmi?!» nomli audioyozuv tarqaldi.

Unda o‘zini prokuratura xodimi «Sardorbek» deb tanishtirgan shaxs «Shohjaxon» ismli ichki ishlar xodimiga qo‘ng‘iroq qilib, IIBga keltirilgan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobini olib kelishni talab qilgani hamda suhbat davomida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganligi qayd etilgan.  

Holat yuzasidan Bosh prokuratura Axborot xizmati o‘rganish olib borilgani haqida ma’lum qildi.

O‘rganish davomida, ushbu audioyozuvda suhbatlashayotgan shaxslar «Berdaq» nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetining yuridik fakulteti 2-bosqichini tamomlab, ish o‘rganish amaliyotiga Marhamat tumani prokuraturasiga yuborilgan talaba Begijon H. va Marhamat tumani IIB HPB profilaktika inspektori Shohjahon X. ekanliklari aniqlangan.  

Suhbat shu yilning 25 iyun kuni bo‘lib o‘tgani, ular avvaldan o‘zaro yaqin tanish bo‘lganliklari, Begijon H. o‘rtog‘i bilan hazillashmoqchi bo‘lib, unga shu mazmunda qo‘ng‘iroq qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Talabaga "Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobi"ni prokuraturaga olib keltirish haqida hech qanday ko‘rsatma yoki topshiriq berilmagan.

Ma’lumot uchun: audioyozuvdagi talaba va IIB xodimi 2015-2017 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga kirish imtixonlari uchun birgalikda tayyorlanishgan va hozirga qadar muloqotda bo‘lib kelishgan.    

Kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Andijon viloyati prokurori Gʻayratjon Fozilovning rahbarligida joylarda amaliyot o‘tayotgan talabalar ishtirokida profilaktik yig‘ilishi o‘tkazildi, deyilgan rasmiy munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1