1

Media sohasi, axborot xizmatlari tizimi tubdan yangilangandi — Sevara O`rinboeva

Jamiyat 28.06.2021, 13:40
Media sohasi, axborot xizmatlari tizimi tubdan yangilangandi — Sevara O`rinboeva

Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni  munosabati bilan ba`zi mulohazalarini bildirdi. 

"Ushbu sana arafasida Davlatimiz rahbari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini yo`lladilar.

Bayram tabrigida bugungi kunda barcha darajadagi boshqaruv idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uchrashib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etishi yaxshi an`anaga aylanib borayotgani e`tirof etildi.Bu kabi yondashuvni O`zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik, oshkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yo`nalishlaridan biri ekanligi  hamda milliy manfaatlarimizga javob beradigan bu yo`lni qat`iy davom ettirish kerakligi bildirildi.

Bu borada avvalo mavjud me`yoriy-huquqiy bazani kuchaytirish maqsadida keyingi to`rt yilda 12 ta qonun hujjati qabul qilinganligi, media sohasi, axborot xizmatlari tizimi tubdan yangilanganini ta`kidlash lozim.

Davlat idoralarining jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratilayotgani keltirildi.Jumladan, hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, milliy dastur va strategiyalarning bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda matbuot anjumani va brifinglar, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Agar 2019 yilda davlat va nodavlat tashkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari – rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani tashkil etgan bo`lsa, 2021 yilda bu raqam 2410 taga etdi.

Ommaviy axborot vositalaridagi tanqidiy chiqishlarga vazirlik va idoralar, hokimliklarning axborot xizmatlari orqali tezkor munosabatlar bildirish amaliyoti shakllanmoqda. Buning tasdig`ini davlat idoralari tomonidan tanqidiy materiallarga javob qaytarish ko`rsatkichi 2018 yilda 12 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2020 yil yakuniga ko`ra qariyb 90 foizga etgani misolida ham ko`rish mumkin.

Yaqinda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta`minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmon bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qilishi ta`kidlandi.

Shu o`rinda tabrikda keltirilgan masalalar bo`yicha Adliya tajribasiga to`xtalsak. So`nggi 2—3 yil davomida Adliya vazirligining aholi, OAV bilan o`zaro aloqa tizimi sezilarli ravishda o`zgardi. Bunga qanday erishdi?  

Vazirlik tizimida innovasiyalar joriy etilmoqda. Xususan:  

-  Ko`p tarmoqli Call-sentr xizmati (1008);

-  "Madad” NNT va uning hududiy byurolari;

-  Advice.uz platformasi;

-  “Biznesga maslahat” (Advice for business) maxsus interfaol portali;

-  “Huquqiy axborot” telegram kanali.

Adliya vazirligi tomonidan fuqarolar va jamoatchilik vakillari bilan ishlash o`zaro ochiqlik va tizimli yondashuvchalik tamoyili asosida amalga oshiriladi.  

Shuningdek, “Open Justice” (Ochiq adliya) ijtimoiy dastur amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur jamoatchilikni vazirlik faoliyati (xodimlarni ishga qabul qilishdan tortib, uning moliyaviy faoliyati bilan bog`liq ma`lumotlargacha bo`lgan) axborotlar bilan tanishtirishning yangi yondashuvi va mexanizmlarini o`z ichiga oladi.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Bo`lim tomonidan 2021 yil o`tgan davri davomida 20 tadan oshiq brifing va matbuot anjumanlari o`tkazilgan. “O`zbekiston 24” telekanali orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” ko`rsatuvlari efirga uzatilmoqda. Shuningdek, aprel oyi davomida respublikaning barcha hududlarida matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar uchun huquqiy sohada malakasini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi  Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida o`quv seminarlar (qisqa muddatli kurslar) tashkil etildi.

Elektron OAV hamda televidenieda doimiy ravishda rahbariyatning chiqishlari tashkil etiladi. Yilning boshidan  bosma va internet-nashrlarda 600 yaqin materiallar e`lon qilingan.

Adliya tizimining aholi bilan muloqoti tubdan o`zgardi, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan yaqindan muloqot qilishning yangi, zamonaviy va ta`sirchan shakllari amaliyotga joriy etilib kelmoqda.  

Ish faoliyatida axborot texnologiyalarining qo`llanilishi bilan odamlar va davlat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tizimi kuchayib bormoqda. Uchrashuvlarning “yuzma-yuz” formati onlayn-munozaralar va internet-muloqot orqali to`ldirilmoqda.  

Adliya organlari va muassalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, Adliya vazirligini ularning faoliyatidagi xatoliklar va kamchiliklar xususida tezkor ravishda xabardor qilish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog`ida “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustisiey” sahifasi ochilgan. Yil davomida mazkur onlayn kanallar orqali besh mingga yaqin murojaat kelib tushadi. Fuqarolarga javoblar qaytarilgan va huquqiy maslahatlar berilgan. Bunday sahifalar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham bor.

Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish maqsadida Adliya vazirligi faoliyati yo`nalishlari doirasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilib kelmoqda. Ular qatorida “Murg`ak qalb” aksiyasi, “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi, “Siz doimo e`zozdasiz” loyihasi, “Salom Sardoba, biz birgamiz!” aksiyasi.

Ushbu ijtimoiy loyihalar ham jamoatchilik bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarni o`z vaqtida echim topishiga ko`makchidir.  

Biz esa izlanishda davom etamiz..."

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1