1

Yashnobodda tadbirkorning 20 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgar va uning sherigi aniqlandi

Jamiyat 28.06.2021, 13:45
Yashnobodda tadbirkorning 20 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgar va uning sherigi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi. 

Unda, fuqaro S.S. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, “S.T.” MChJ ta`sischisi N.ning ishonchiga kirib, jamiyatga tegishli avtoturargoh hujjatlarini tanishlari orqali mehmonxona faoliyatiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Fuqaro S.S.ning ko`rsatuvlariga asosan davom etgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.K. yuqoridagi masalani ijobiy hal qilib berish evaziga S.S.dan 5 000 AQSh dollarini olib, o`zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1