1

Xorazmda gaz ta`minoti yo`qligi sabab aholi yo`lni to`sib qo`ygani rostmi?

Jamiyat 28.06.2021, 16:45
Xorazmda gaz ta`minoti yo`qligi sabab aholi yo`lni to`sib qo`ygani rostmi?

Xorazm viloyati Bog`ot tumanida aholi gaz ta`minotidan uzilgani sabab yo`lni to`sib qo`ygani aytilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Ma`lum bo`lishicha, holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, vaziyat o`rganilgan. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan gazdan ajratilgan mahallaga gaz ballonlari vaqtida etkazilgan, faqat oqar suv muammosi ko`tarilgan.

Ta`kidlanishicha, Tozabozor mahallasining Oltinqum va Qo`ng`irot ko`chasidan oqib o`tuvchi Qo`ng`irot kanalidagi suv chiqaradigan nasos buzilib qolgani uchun ekilgan ekinlarni sug`orish muammo bo`layotganini aytib, mahalla raisiga murojaat qilingan. Tozabozor MFYda holat bo`yicha ma`lumotnoma tuman hokimligiga taqdim etilgan.

Shuningdek, Qo`ng`irot kanalidagi suv nasosini ta`mirlash uchun tegishli choralar ko`rilmoqda. Shu bilan birga, aholiga ichimlik suvi, suyultirilgan gaz vaqtida berilayotgani va oqar suvning to`liq etkazib berish choralari ko`rilgani aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1