️Joriy yilning 27 iyun kuni soat 04:25larda, Farg`ona viloyati, Marg`ilon shahar, Mustaqillik va Al-Farg`oniy ko`chalari kesishmasida, haydovchi 1980 yil tug`ilgan A.Y. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotishi oqibatida svetoforga borib urilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, YTH natijasida haydovchi tan jaroxati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Marg`ilon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






