1

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti fakultet dekani o`rinbosari jinoyat ustida ushlandi

Jamiyat 29.06.2021, 11:40
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti fakultet dekani o`rinbosari jinoyat ustida ushlandi

Talabaning o`qishini sirtqi bo`limga ko`chirib berishni va`da qilgan dekan o`rinbosari ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament. 

Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Buxoro shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti fakultet dekani o`rinbosari institutning 1-bosqich talabasi X.ning ishonchiga kirib, o`zining vakolatli tanishlari orqali uning o`qishini 500 AQSh dollari evaziga kunduzgi bo`limdan sirtqi bo`limga ko`chirib berishini va`da qilib, oldindan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1