1

O`zbekistonda vaksina olgan 11 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 29.06.2021, 12:54
O`zbekistonda vaksina olgan 11 kishida koronavirus aniqlandi

Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov odamlar orasida tarqalgan «koronavirusga qarshi vaksina olsa ham kasallanish mumkinligi» haqidagi gap-so`zlarga izoh berdi.

- Hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, COVID-19ga qarshi emlanish kasallikning noxush va og`ir asoratlaridan asraydi. To`g`ri, ayrim hollarda vaksina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaksinasiyaning faqatgina birinchi bosqichidan o`tgan, ya`ni uni belgilangan tartibda to`liq olmagan insonlarda kuzatiladi.

Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinasiya bosqichidan so`ng shifoxonaga murojaat qilgan bo`lib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali to`liq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan. Biroq shunday bo`lgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik engil va simptomlarsiz o`tadi. Ya`ni, og`ir asoratlar va o`lim holatiga olib kelmaydi.

Aslida esa koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan so`ng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson o`zini shaxsiy muhofaza qilishi o`ta muhimdir, - deydi mutaxassis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1