Bugun yurtimizga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bu ushbu vaksinaning yurtimizga keltirilgan 6-partiyasi bo`lib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:
27 martda — 1 million doza,
27 aprelda — 1 million doza,
18 mayda — 1 million doza,
19 mayda — 500 ming doza,
10 iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O`zbekistonning vaksina zaxirasi 6,4 million dozaga etmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortig`i vaksinasiya jarayonlarida qo`llanildi.
Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 million dozasi keltirilishi kutilmoqda.






