1

Toshkent davlat pedagogika universitetida o`tkazilgan bitiruv imtihonlarida qancha talaba o`tolmagani ma`lum qilindi

Jamiyat 29.06.2021, 15:36
Toshkent davlat pedagogika universitetida o`tkazilgan bitiruv imtihonlarida qancha talaba o`tolmagani ma`lum qilindi

Bu savolga Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov javob berdi.

Butun mamlakatni raqamlashtirish deganda oliy ta`lim muassasalari bu borada eng ilg`or bo`lishi kerak. Raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani qisqartiramiz.

Korrupsiyani qisqartirish bo`yicha misol: biz joriy o`quv yilida birinchi marta barcha bitiruv imtihonlari, diplom himoya ishlarini ochiqdan-ochiq You Tube orqali barchaga taqdim etib o`tkazdik.

Shunda bir holat namoyon bo`ldiki, oldingi o`quv yillarida bitiruv imtihonlaridan yiqilganlar judayam oz bo`lardi: 7 ta yoki 10 ta. Bu yil esa 241 ta talaba imtihondan o`tolmadi. Bunga sabab biz ularning bilim sifati, malaka va mutaxassisligiga javob beramiz. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1