O`zbekiston Respublikasi gidromeorologiya xizmati markazidan olingan xabarga ko`ra, 2021 yil 28 iyundan boshlab mamlakatimiz hududiga Volga bo`yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi. Hafta davomida O`zbekiston bo`yicha havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 43° atrofida bo`ladi.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ ning xabar berishicha, bunday issiq havo paytida po`lat izlardagi harorat yanada yuqori bo`ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2021 yil 7 iyul sanasiga qadar cho`l hududlarida poezdlar harakat jadvalida o`zgarishlar kuzatilishi mumkin.