1

Surxondaryo viloyati hokimi “Chilgaz ota” masjidini buzmaydi — hokimlik axborot berdi

Jamiyat 29.06.2021, 23:49
Surxondaryo viloyati hokimi “Chilgaz ota” masjidini buzmaydi — hokimlik axborot berdi

Ijtimoiy tarmoqda “Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov Qiziriq tumani markazida joylashgan masjidni nega buzdirmoqchi?”, degan xabar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi:

Viloyat hokimi To`ra Bobolov 2021 yilning 26 iyun kuni Qiziriq tumanining Rabatak mahallasida bo`lganida faollar tomonidan markaziy “Chilgaz ota” jome masjidi namozxonlar uchun torlik qilayotgani aytilib, uning o`rnida zamonaviy qulayliklarga ega, sig`imi 3 ming kishilik yangi masjid qurish taklifi bildirilgan.

Viloyat hokimi masjiddagi shart-sharoitlar bilan tanishgach, faollarning taklifini qo`llab-quvvatlagan. Masjid joylashgan hududda uni kengaytirishning imkoni yo`qligi inobatga olinib, zamonaviy qulayliklarga ega yangi markaziy masjidni bunyod etish uchun boshqa joydan er ajratish, bunisini mahalla namozxonlari uchun qoldirish haqida mutasaddilarga ko`rsatma berilgan. “Chilgaz ota” jome masjidini buzdirish to`g`risida esa gap-so`z bo`lmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1