1

Senat raisi: "Mehribonlik uylarining 900 nafar bitiruvchilarini uy-joy bilan ta`minlash uchun byudjetdan 50 millard so`m mablag` ajratilgan"

Jamiyat 30.06.2021, 10:07
Senat raisi: "Mehribonlik uylarining 900 nafar bitiruvchilarini uy-joy bilan ta`minlash uchun byudjetdan 50 millard so`m mablag` ajratilgan"

2021 yil 29 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi tomonidan YuNISEF va O`zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiya bilan hamkorlikda “Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini ta`minlash maqsadida noinstitusionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro anjuman o`tkazildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Unda senatorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, Yoshlar parlamenti a`zolari, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi elchixonalari mas`ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva kirish so`zi bilan ishtirok etib, har bir bola oilaviy muhitda tarbiya topishga, ota-ona mehrini, yaqinlari e`tibori va g`amxo`rligini his qilib yashashga to`la haqli ekanligini alohida ta`kidladi.

– Bu borada qonununchilik bazasi takomillashtirib borilmoqda, xususan, so`nggi yillarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi, “Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risida”gi qonunlarda bola huquqlarining kafolatlari ta`minlanishi bilan bog`liq munosabatlar ishtirokchilari va ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan, – dedi Senat Raisi T.Narbaeva. – Qolaversa, mamlakatimizda bolalar omdudsmani instituti faoliyat boshlagani hamda bolalar mehnatiga mutlaqo chek qo`yilgani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham alohida e`tirof etilgan. Bundan tashqari, Senatning tegishli qarorida chin etimlar, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni “Mehribonlik” uylariga joylashtirish eng so`nggi chora ekanligiga, bunday bolalarni oilalar tarbiyasiga berish birlamchi vazifa ekanligiga alohida e`tibor qaratish belgilangan. Yana bir jihat. Joriy yil 1 yanvar holatiga respublika bo`yicha jami 71,6 ming nafar bola vasiylik va homiylik organlari nazoratiga olingan. 2019 yilning 1 martidan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to`lanadigan nafaqa miqdori 1,3 barobarga oshirilgan. 2011-2020 yillarda “Mehribonlik” uylarini tugatgan va uy-joyga muhtoj 1 188 nafar bitiruvchidan 610 nafariga uy-joy berilgan. Shu o`rinda Senat tashabbusi bilan joriy yilda davlat byudjetidan 50 millard so`m mablag` ajratilib, mehribonlik uylarining 900 nafar bitiruvchilarini uy-joy bilan ta`minlashga yo`naltirilgan.

Anjumanda O`zbekistondagi bolalarni parvarishlash tizimini isloh qilish sohasidagi vaziyat muhokama qilindi. Qolaversa, bolalar parvarishining zamonaviy tizimini ishlab chiqish bo`yicha eng ilg`or xalqaro va milliy tajriba hamda bu sohadagi saboqlar bilan o`rtoqlashildi.

Xalqaro darajada bolalarni parvarish qilish sohasi katta muassasalar o`rniga oilaviy va jamoatchilik asosida bir qator xizmatlar ko`rsatish sari o`zgarmoqda. Shu bois tadbir ishtirokchilari tomonidan O`zbekistoda noinstitusionallashtirishjarayonini tezlashtirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1