1

Samarqandda kredit qarzdorligini vaqtida to`lay olmagan fuqaro o`zini baland binodan tashlamoqchi bo`ldi

Jamiyat 30.06.2021, 11:22
Samarqandda kredit qarzdorligini vaqtida to`lay olmagan fuqaro o`zini baland binodan tashlamoqchi bo`ldi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Bir odam davlat unga kredit bermayotganligi uchun o`zini baland binodan tashlamoqchi bo`lgan videosi tarqaldi" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. 

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi. 

Keltirilishicha, mazkur voqea 2021 yilning 28 iyun kuni Oqdaryo tumanida sodir bo`lgan.

Oqdaryo tumani “To`ron” MFY “Arpa” qishlog`ida yashovchi, 1990 yil E.F., 2019 yil aprel oyida olgan kreditini 2021 yilning may-iyun oyi uchun to`lovini amalga oshirmagan.  

Fuqaroning uyiga qarzni undirish bo`yicha chiqqan sud qaroriga asosan, majburiy ijro bo`limi xodimlari borishgan. Bundan norozi bo`lgan E.F. tumandagi “Mikrokreditbank" ATB Oqdaryo filiali oldidagi binoning yuqori qavatiga chiqib, o`zini tashlamoqchi bo`lgan.  

Jamoat tartibini saqlash maqsadida, hodisa joyiga IIB xodimlari etib borib, fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borishganidan so`ng, E.F. fikridan qaytgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1