1

Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etiladi

Jamiyat 30.06.2021, 12:46
Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etiladi

“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi  

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko`rsatish markazlari (Markazlar) respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi.  

 Shunga ko`ra, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo`linmalarida 2021 yil 1 oktyabrdan jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi.

Bo`shatilayotgan shtat birliklari hisobidan Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi.  

2021 yil 1 oktyabrdan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish bilan bog`liq barcha ma`lumot va jarayonlarni to`liq elektron ravishda yig`ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.  

 Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmatlar ushbu elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

 Markazlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan tarkibiy bo`linma tarzida tashkil etiladi va ularga bo`ysunadi.

 Markazlar xodimlariga sud prosessida yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi beriladi.

 Markazlar xodimi sifatida kamida 3 yil mehnat stajiga ega bo`lgan shaxs:

➖ lisenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo`lishga talabgor shaxs sifatida advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o`tmasdan malaka imtihonida ishtirok etish;

➖ notarial idorada 6 oy muddat stajirovka o`tab malaka imtihonini topshirish huquqiga ega bo`ladi.

Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita ta`sir o`tkazish qat`iyan taqiqlanadi.

 Qarorga ko`ra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko`rsatilishi belgilangan tashkilotlarning Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilishiga yo`l qo`yilmaydi.

 Shuningdek, Markazlar boshqa yuridik shaxslarga pullik asosda yuridik xizmatlar ko`rsatishi mumkin.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1