1

Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi

Jamiyat 30.06.2021, 13:18
Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi

 “Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy ta`lim tashkiloti hisoblanadi.

 Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlaridan biridir.

 Universitetda o`qitish kunduzgi ta`lim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.  

 Bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari Universitet tomonidan belgilanadi.  

Universitet bitiruvchilariga O`zbekiston va Hindistonda oliy ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Qarorga ko`ra, Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o`qitish uchun imtiyozli ta`lim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5 foizini bepul o`qitish, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli to`lov-kontrakt miqdorini to`lab berish bo`yicha imtiyozlar taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1