1

Tumanlardagi davlat organlarining yuridik xizmat xodimlari adliya xodimi hisoblanadi

Jamiyat 30.06.2021, 16:06
Tumanlardagi davlat organlarining yuridik xizmat xodimlari adliya xodimi hisoblanadi

Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga muvofiq   2021 yil 1 oktyabrdan:

tuman darajasidagi davlat organlarining yuridik xizmat shtat birliklari tugatilib Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etiladi;

tuman darajasidagi davlat organlarining yuridik xizmat xodimlari adliya xodimi hisoblanadi;

tuman darajasidagi davlat organlarining yuridik xizmat xodimlarining o`rtacha oyligi uch barobar ko`tariladi;

tuman darajasidagi davlat organlarining barcha hujjatlari Yuridik xizmat ko`rsatish markazlarida ekspertizadan o`tkaziladi;

Yuridik xizmat ko`rsatish markazlarida ekspertizadan o`tkazilmagan barcha yuridik hujjatlar haqiqiy emas hisoblanadi;

tuman darajasidagi davlat organlari barcha hujjatlarni “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali elektron tarzda qabul qiladi;

yuridik xizmat xodimlarining to`liq mustaqilligi ta`minlanadi;

yuridik xizmat xodimlarini ularning faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb etish holatlari bartaraf etiladi;

aholi va ijrochilarga qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini etkazish va tushuntirishning yangi bo`g`ini yaratiladi;

malakali va yosh huquqshunoslar o`rtasida o`zaro tajriba almashish tizimi yo`lga qo`yilib, barcha yo`nalishlardagi murakkab huquqiy muammolarni kollegial tarzda echish imkoniyati yaratiladi;

davlat organlari va tashkilotlarida bir xil huquqni qo`llash amaliyoti shakllanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1