1

Andijonda 4 mlrd.so`mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Jamiyat 30.06.2021, 16:22
Andijonda 4 mlrd.so`mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

 Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo`llar bilan olib kirishga hamda davlat byudjetiga tushishi lozim bo`lgan bojxona to`lovlarini qing`ir yo`llar bilan to`lamaslikka bo`lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o`z vaqtida bartaraf etilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi "Darakchi"ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o`z xavfsizlik bo`limining tezkor  ma`lumotlariga asosan, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi hamda post xodimlari ishtirokida bojxona postiga viloyatda faoliyat ko`rsatuvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijiy mamlakatdan olib kelingan matolar bojxona ko`rigidan o`tkazilgan.

Shuningdek, tekshiruv davomida bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklarasiyasi asosida o`tkazilgan bojxona ko`rigi natijasida umumiy qiymati 3 mlrd. 859 mln.so`mlik matolar bojxona to`lovlarini to`lamaslik maqsadida hujjatlarda ko`rsatilmaganligi ma`lum bo`ldi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1