AsosiyJamiyat

Bugun tunda poytaxt ko`chalaridan biri yopiladi

'Bugun tunda poytaxt ko`chalaridan biri yopiladi'ning rasmi

Toshkentda 1 iyul soat 23:00 dan 2 iyul soat 03:00 ga qadar, Shayxontohur tumani KXAY, Ipakchilik ko`chasi va Qo`rg`oncha ko`chalari kechishmasidan o`tuvchi irrigasiya quvurini Jarariq kollektorining yopiq qismiga ulash ishlari olib boriladi.  

Shu munosabat bilan KXAYning Qo`rg`oncha va Toshko`cha ko`chalari oralig`idagi qismida avtomobillarning harakatlanishi  vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Shayhontohur tuman hokimligi xabar berdi.

Boshqa yangiliklar