1

Andijonda 6 oy davomida 2 mingga yaqin ajrim qayd etildi

Jamiyat 01.07.2021, 18:54
Teglar: ajrim
Andijonda 6 oy davomida 2 mingga yaqin ajrim qayd etildi

Andijon tuman Davlat xizmatlari markazida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limlari tomonidan 2021 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, tizimdagi yangiliklar hamda faoliyatdagi muammolar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi. Bu haqda Umidjon Mamarasulov, DXA viloyat boshqarmasi etakchi maslahatchisi "Darakchi"ga xabar berdi.

Unda respublika va viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda hamkor tashklotlarning matbuot xizmati vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida DXA viloyat boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Abdurahmon Alimov FHDYo bo`limlarida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirib, joriy yilning 6 oyi davomida qayd etilgan tug`ilish, o`lim, nikoh va ajrim holatlari bo`yicha ma`lumot berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan nikohdan o`tish uchun to`lanadigan to`lovlar invoys orqali amalga oshirilishi yo`lga qo`yilganligini qayd etdi. 

-Bunda, fuqaroning shaxsiy telefoniga to`lov amalga oshirilganligi haqida sms xabar keladi,- deydi Abdurahmon Alimov. - Unda tasdiqlash kodi bo`ladi. Kod  biriktirilgandan so`ng nikoh guvohnomasi beriladi. Fuqarolarni ortiqcha yugur-yugurlardan xoli etgan yana bir yangilik nikohni qayd qilish joriy yilning 1 iyundan boshlab ularning doimiy (vaqtincha) ro`yxatdan o`tgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili (joylashgan eri)dan qat`iy nazar, eksterritorial tartibda amalga oshirilishi bo`ldi. Endilikda fuqarolar istalgan hududdagi FHDYo bo`limiga nikohni qayd etish uchun ariza topshirish hamda tibbiy ko`rikdan o`tish mumkin.

FHDYo bo`limlarining ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 6 oyi davomida bo`limlarga 56 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Shu kunga qadar 36734 nafar chaqaloqning tug`ilganligi qayd etilgan bo`lsa, 7659 nafar yurtdoshimiz vafot etgan. O`tgan davr mobaynida 9539 ta juftlikning qonuniy nikohi rasmiylashtirilgan bo`lsa, 1990 ta oilada ajrim holati yuz bergan.

Tadbir so`nggida, boshqarma faoliyatini yoritishda jonbozlik ko`rsatgan  jurnalist va blogerlar e`tirof etilib, ularga tashakkurnoma hamda esdalik sovg`alari topshirildi.

Sharhlar

Qashqadaryoning G`ilon qishlog`ida oxirgi besh yilda birorta ham oilaviy ajrim qayd etilmagan

12.10.2021, 11:45

Prezident Shavkat Mirziyoev Qashqadaryoda bo`lib o`tgan saylovchilar bilan uchrashish jarayonida Shahrisabz tumanining G`ilon qishlog`ini alohida e`tirof etdi. Buning sababi G`ilon qishlog`ida keyingi besh yilda birorta...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1