1

Buxoro davlat tibbiyot instituti mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Rasmiy munosabat bildirildi

Jamiyat 01.07.2021, 22:13
Buxoro davlat tibbiyot instituti mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan Rasmiy munosabat bildirildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan e`lon qilingan maqolada qayd qilingan holatlar muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o`rganilgan. Holatning tavsilotlarini O`zA ma`lum qildi.

O`rganish natijasida maqoladagi vajlar qisman o`z tasdig`ini topib, «Odam anatomiyasi» Atlas kitobini xarid qilish bo`yicha nashr etish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo`lmagan “Bitubi Grupp” MChJ bilan dastlabki (13.08.2019 yildagi 1-son) shartnoma tuzilganligi aniqlangan.

Yoki, xizmat avtomashinasida limitga nisbatan ortiqcha 8.7 mln. so`mlik yoqilg`i sarflanganligi aniqlangan hamda zarar qaytarilgan.

Bundan tashqari, institut haydovchisi B.D.ning mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilinganligi holati bo`yicha viloyat prokuraturasi tomonidan 18.03.2021 yilda – maqola e`lon qilinguniga qadar buyruqni bekor qilish bo`yicha protest keltirilgan.

Shuningdek, to`lov-kontrakt tushumlaridan tushadigan ajratmalar Sog`liqni saqlash vazirligining rivojlantirish jamg`armasiga o`tkazmalar o`z vaqtida o`tkazib berilmaganligi aniqlanib, to`liq o`tkazib berilishi ta`minlangan.

O`rganish natijalari bo`yicha Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 22.04.2021 yilda axborot taqdim etilgan.

Agentlik tomonidan o`rganish natijalari umumlashtirilgan holda 26.04.2021 yilda anticorruption.uz internet sahifasida rasmiy munosabat bildirilgan.

Shu bilan birga viloyat prokuraturasi tomonidan 30.04.2021 yilda Oliy ta`lim va Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1