1

Rossiya Tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochiladi

Jamiyat 01.07.2021, 22:28
Rossiya Tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochiladi

Bugun, 1 iyul kuni Prezidentning “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjatga ko`ra, sog`liqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, xalqaro ta`lim standartlarini joriy etish, tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirish, tibbiyot amaliyoti, ta`limi va ilmiy tadqiqotlari o`rtasidagi integrasiyani ta`minlash, davolash-tashxislash jarayoniga ilg`or yutuqlarni va innovasiyalarni tatbiq etish maqsadida yurtimizda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq:

sog`liqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash;

tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizasiya qilishga yo`naltirilgan zamonaviy ta`lim dasturlari hamda o`qitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, o`quv jarayoniga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning so`nggi yutuqlarini joriy qilish, o`quv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni rag`batlantirish;

tibbiyot va tibbiyot ilm-fani sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish;

ta`lim va fanning uzluksizligi hamda uzviyligi, shuningdek, jahon ta`lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integrasiyalashuv hisobiga mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;

ta`lim va ilmiy faoliyatning tibbiy va farmasevtik faoliyat bilan chuqur integrasiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

xorijiy mamlakatlarning etakchi ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ta`lim hamda tibbiyot ilmi sohalarida uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash filial faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib belgilandi.

Filial ta`lim faoliyatini 2022/2023 o`quv yilidan boshlaydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1