Avval xabar qilganimizdek, kecha, 1 iyul kuni Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani “Sho`rtanneft va gaz qazib chiqarish” korxonasida katta yong`in sodir bo`ldi. Unda bir kishining halok bo`lgani aytilgan edi. Ayni paytda qashqadaryo24/7 kanalida xabar qilinishicha, yong`inda boshqarmaga qarashli propan-butan aralashmasini olish sexi boshlig`i Shavkat Nasimov vafot etgan.
Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.






