2017 yilda tadbirkorlarga 120 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko`rsatilgan bo`lsa, bugun jismoniy va yuridik shaxslarnnig davlat xizmatlari ko`rsatish bo`yicha 30 mln.dan ortiq murojaatlari qabul qilingan. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda.
Davlat xizmatlari sohasiga oid 120 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, 80 ga yaqin xizmatlar qayta ko`rib chiqildi. Bu fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar sonini 181 dan 86 ga, xizmat ko`rsatilishi uchun talab etiladigan muddatni esa 2 barobarga— jami 500 kunlik muddat 271 kunga qisqarishiga imkon bergan.
Aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat rahbarining tegishli Farmoni bilan davlat hokimiyati organlari tomonidan aholidan 18 turdagi ma`lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilingani aytilmoqda.
Shuningduk, bugungi kunda nikoh tuzish, nikohdan ajralish, tug`ilish va o`lim to`g`risidagi FHDYo arxivlarida saqlanayotgan qog`oz shaklidagi 60 mln. arxiv ma`lumotlair to`liq raqamlashtirilgan.
Agentlik mutassaddilarining so`zlarigav ko`ra, Davlat xizmati uchun to`lov qilishdagi muammolarni bartaraf etish uchun markazlarda pay.davxizmat.uz elektron to`lov tizimi orqali naqd pul qabul qilish mexanizmi joriy etilgan.
Ma`lumot o`rnida, bugungi kunda har bir tuman, shaharda bittadan, jami 207 ta Davlat xizmatlari markazlari faoliyat yuritmoqda.