Buxoro viloyati Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan Q.H. huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilib, unda turmush o`rtog`ining huquqlarini sudda himoya qilayotgan advokat Olot tumani Denov mahallasida yashovchi, 1959 yilda tug`ilgan H.R. ta`magirlik yo`li bilan 2.500 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ayolning murojaati asosida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura va Departament xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida advokat H.R. kimyoviy ishlov berilgan 1500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan H.R.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






