Kecha yurtimizda 482 nafar kishida kasallik aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
2021 yil 2 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112130 (+482) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
33 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
38 nafari Andijon viloyatida,
45 nafari Buxoro viloyatida,
29 nafari Jizzax viloyatida,
13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
8 nafari Navoiy viloyatida,
25 nafari Namangan viloyatida,
32 nafari Samarqand viloyatida,
23 nafari Sirdaryo viloyatida,
29 nafari Surxondaryo viloyatida,
34 nafari Farg`ona viloyatida,
9 nafari Xorazm viloyatida,
47 nafari Toshkent viloyatida,
117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar,
Andijon viloyatida 69 nafar,
Buxoro viloyatida 17 nafar,
Jizzax viloyatida 30 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
Namangan viloyatida 15 nafar,
Samarqand viloyatida 101 nafar,
Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
Farg`ona viloyatida 14 nafar,
Xorazm viloyatida 40 nafar,
Toshkent viloyatida 41 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 108404 (+395) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 745 nafarni tashkil qildi.






