AsosiyDunyo

Evropaning eng boy mamlakatlarining reytingi tuzildi

'Evropaning eng boy mamlakatlarining reytingi tuzildi'ning rasmi

Daniya - Evropa ittifoqining oilaviy moliyaviy aktivlari bo`yicha eng boy mamlakat. Mamlakat Milliy banki hisobotiga ko`ra, bu ko`rsatkich 1,88 million Daniya kronasini (300 ming dollar) tashkil etadi.

Shu bilan birga, ushbu mamlakat aholisining qarzlari qo`shnilariga qaraganda ko`proq. Majburiyatlarning katta qismi ko`chmas mulk bilan ta`minlangan bank va ipoteka qarzlari bilan bog`liq (taxminan 86%).

Umuman olganda, daniyaliklarning moliyaviy ko`rsatkichlari Evropa ittifoqining o`rtacha ko`rsatkichidan deyarli uch baravar yuqori.

Shu yilning birinchi choragida ularning boyligi yanada oshdi va bir kishiga o`rtacha 24 ming Daniya kronasini (3,8 ming dollar) tashkil etdi.

Moliyaviy aktivlar bo`yicha Gollandiyadagi uy xo`jaliklari ikkinchi o`rinni egalladi, undan keyin Lyuksemburg va Shvesiya.

Ammo tadqiqotda eng qashshoq mamlakat Ruminiya. Ushbu mamlakatda oilaviy aktivlar 80 ming Daniya kronasini (12,7 ming dollar) tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar