AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi

'Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

 “O`zgidromet” markazi ma`lumotiga ko`ra, iyul oyining birinchi yarmida yurtimizga issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi oqibatida ob-havo harorati keskin ko`tarilishi kutilmoqda. Shu sababli Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi. 

"Keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo`lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o`zlarini himoyalashlari nihoyatda muhim.

Bunday sharoitda aholimizdan zarurat bo`lmaganda ko`chaga chiqmasliklarini, uydan tashqarida bo`lganda soyada yurishlarini, ko`proq suyuqlik iste`mol qilishlarini so`rab qolamiz.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, issiq va quruq havoning salbiy oqibatlaridan o`zingizni asrang!",– deyiladi hokimlik murojaatida. 

Boshqa yangiliklar