6-8 iyul kunlari O`zbekistonning deyarli barcha hududlarida Eron hududlaridan kirib kelgan issiq havo massalarining ''faol bosqichi'' kuzatiladi.
8 iyul kuni janub voha hududlarida havo harorati maksimal +48 darajagacha ko`tarilishi mumkin ekan.
Baland tog`liklarda mavjud qor va muzliklarning faol erishi ortidan, ayrim daryolarda suv oqimi ko`payishi kutilmoqda.
Qolgan sohalarda anomal issiqning ma`lum ta`siri seziladi.






