AsosiyJamiyat

O`zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilgan vaksina miqdori 4 million dozadan oshdi

'O`zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilgan vaksina miqdori 4 million dozadan oshdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 114 ming dozadan ortiq vaksina qo`llanilib, emlash jarayonlarida foydalanilgan vaksina miqdori 4 million dozadan oshdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

️3 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 114065 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 69631 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 23452 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 20982 nafarni tashkil qildi.

 

️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 4083739 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 2404133 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 1302817 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 376789 nafarni tashkil qildi.  

 

3 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Andijon viloyati (16932 doza),

Namangan viloyati (16309 doza),

Farg`ona viloyati (15123 doza) band qildi.  

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Namangan viloyatida 492662 doza,  

Farg`ona viloyatida 474382 doza,  

Andijon viloyatida 456161 dozani tashkil qilmoqda.  

Emlash jarayonlari davom etadi.

Boshqa yangiliklar