1

Namanganda 20 yoshli haydovchi bir insonning o`limiga sababchi bo`ldi

Jamiyat 04.07.2021, 21:51
Namanganda 20 yoshli haydovchi bir insonning o`limiga sababchi bo`ldi

2021 yil 2 iyul kuni soat 17:50 larda, Yangiqo`rg`on-Namangan yo`lining 5 km.da, Yangiqo`rg`on tumani Radivon MFY hududida, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini  ishonch qog`ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Chortoq tumanida yashagan, 1968 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, piyoda olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 iyul kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1