AsosiyDunyo

O`zbekiston bilan chegaradosh davlatda "qora mog`or" kasalligi aniqlandi

'O`zbekiston bilan chegaradosh davlatda "qora mog`or" kasalligi aniqlandi'ning rasmi

"Qora mog`or" infeksiyasini yuqtirish holatlari Afg`onistonda qayd etildi, deb xabar qildi mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 3 iyul kuni.

Ma`lum bo`lishicha, hammasi bo`lib, uchta yuqtirish holati qayd etildi, ulardan biri o`lim bilan yakunlangan. 

Qayd etilishicha, mutaxassislarning fikriga ko`ra, koronavirus bilan kasallangan odamlar ko`pincha "qora mog`or" bilan kasallangan. Ilgari, ushbu infeksiyani yuqtirishning ko`plab holatlari Hindistonda COVID-19 bilan kasallanganlar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda Afg`onistonda koronavirus infeksiyalarining uchinchi to`lqini boshdan kechirilmoqda. 

Afg`oniston o`tgan yili pandemiya boshlanganidan beri 124 757 ta COVID-19 kasalligi va 5199 ta o`lim  bo`lgani aytiladi. Lekin ushbu raqamlarni juda kam baholangan deb hisoblashadi.

 

Ayni paytda Afg`oniston aholisining atigi 2,5% emlangan. Hozirda mamlakat hukumati va`da qilingan vaksinalarni BMT homiyligidagi COVAX dasturi orqali olishga harakat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar