1

Joriy yilda respublika bo`yicha 641 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilinadi

Jamiyat 05.07.2021, 12:50
Joriy yilda respublika bo`yicha 641 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilinadi

Bu haqda AOKAda Xalq ta`limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Eslatib o`tkamiz, 2021-2022 o`quv yili uchun 1-sinfga qabul 15 iyundan boshlangan edi. Joriy o`quv yilida ota-onalarga qo`laylik yaratish maqsadida Toshkent shahri,  Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi umumta`lim maktablarga 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshirilmoqda.  

Bugungi kunda mazkur tizim orqali 1-sinfga joylashtirish uchun ota-onalarda 41 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.  

Tajriba-sinov tariqasida joriy etilayotgan elektron shakldagi qabul jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi:  

  • Birinchi bosqichda ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali ro`yxatdan o`tib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar.

Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi:

  • Birinchi maktab-ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya`ni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab;
  • Ikkinchi va uchinchi maktablar ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay bo`lgan  maktablar.

Ikkinchi bosqichda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, ya`ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish to`liq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili bo`yicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.  

Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan bo`lsa, ya`ni elektron ro`yxatdan o`tish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida bo`sh o`rinlar bo`lgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin bo`ladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1