1

O`zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so`ng mobil VPN birdaniga ommalashdi

Jamiyat 05.07.2021, 13:05
O`zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so`ng mobil VPN birdaniga ommalashdi

App Annie mobil tahlil xizmati ma`lumotlariga ko`ra, mobil VPN`ning ommalashuvi O`zbekistonda keskin o`sdi. Bu haqda gazeta, Spot'ga tayanib xabar bermoqda.  

VPN dasturlari App Store`da birinchi ikkita o`rinni egallamoqda, Google Play`da esa TOP-3 taga kirdi.

2 iyul kuni O`zbekistonda TikTok, Twitter va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari faoliyati vaktinchalik cheklangandan so`ng, VPN`larga qiziqish ortdi (bunga mamlakat tashqarisida bo`lgan o`zbekistonliklarning shaxsiy ma`lumotlarini saqlash va qayta ishlash sabab bo`lgan).

So`nggi marta VPN dasturlarini bunday katta yuklab olish ko`rsatkichlari 2018 yilda, Facebook va YouTube mamlakatda bloklanganida kuzatilgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1