1

Samarqandda avtomashinasini pora orqali jarima maydonidan olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Jamiyat 05.07.2021, 14:00
Samarqandda avtomashinasini pora orqali jarima maydonidan olib chiqmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

30 iyun kuni soat 20:10larda Samarqand shahrining Dahbed ko`chasidan harakatlanib kelgan “Nexia-2” rusumli avtomashina YPX inspektorining to`xtash ishorasiga bo`ysunmay, harakatini davom ettirib, qochib ketgan. 

Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmatining xabar berishicha, haydovchi boshqa chorrahada to`xtatilib, hujjatlari tekshirilganda, haydovchilik guvohnomasi yo`qligi, tegishli ruxsatnomasiz avtomashinaning old va yon oynalari tusini o`zgartirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shundan so`ng, joriy yilning 1 iyul kuni haydovchi YPX inspektorining oldiga kelib, jarima maydonida turgan avtomashinasini chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan.

Inspektor fuqaroga ushbu harakati noqonuniyligi, pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, haydovchi ushbu niyatidan qaytmagan. YPX inspektori holat yuzasidan viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Xodimning bildirgisiga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi YPX inspektoriga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1