1

Qashqadaryoda "Tiko" kanalga tushib ketdi (video)

Jamiyat 05.07.2021, 16:39
Qashqadaryoda "Tiko" kanalga tushib ketdi (video)

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hududidan oqib o`tuvchi kanalga tushib ketgan Tico va uning haydovchisi olib chiqildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma`lum qilinishicha, 5 iyul kuni soat 08:00 da Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qarshi tumani hududidan oqib o`tuvchi kanalga Tico tushib ketgani to`g`risida xabar kelgan.

Mazkur xabar yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining suvda-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan.

Mashina salonida faqatgina haydovchi bo`lgan. Fuqaro engil jarohatlar bilan cho`kayotgan mashinadan o`z vaqtida chiqarib olingan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida mashina ham bir necha daqiqalardan so`ng suvdan olib chiqilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1