1

O`zbekistonda telekanallar faoliyati vaqtincha to`xtatiladi

Jamiyat 05.07.2021, 18:26
Teglar: telekanallar
O`zbekistonda telekanallar faoliyati vaqtincha to`xtatiladi

“RRTM” DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sun`iy yo`ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida yarim yillik profilaktika ishlari joriy yilning 6-30 iyul kunlari o`tkaziladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.  

Xabarda aytilishicha, 14 iyul kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (13 iyuldan 14 iyulga o`tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va soat 01:00 dan 10:00 gacha teleradio uzatkichlarda yarim yillik profilaktika o`tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo`yicha raqamli teledasturlarni (O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlaridan tashqari) tarqatish vaqtincha to`xtatiladi. Bunda Toshkent shahrida va bir qator viloyatlarda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to`xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda ham 6-28 iyul kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat, mahalliy va “Uzdigital TV” MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida yarim yillik profilaktika ishlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

"To`xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o`zgartirish tavsiya etilmaydi",–deyiladi vazirlik axborotida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1