Rossiya Federasiyasining “Pik Industriya” kompaniyasi vakillari ishtirokida qurilish sohasi bo`yicha o`tkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan 72 nafar fuqaro ishlash uchun Moskvaga jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Mazkur ishlash uchun yuborilgan fuqarolarning 62 nafari Namangan viloyati Chust tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida tashkil etilgan qurilish sohasi bo`yicha malakali mutaxassislar tayyorlash markazining bitiruvchilaridir.
"Tadbirda O`zbekistonda mehnat migrasiyasi sohasidagi yangiliklar, odam savdosiga qarshi kurashish va uni oldini olish, chet davlatlarda ishlash tartibi hamda mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi",–deyiladi agentlik axborotida.






