1

Tezkor xabar: O`zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar to`xtatiladi

Jamiyat 05.07.2021, 23:10
Tezkor xabar: O`zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar to`xtatiladi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq epidemiologik barqarorlikni ta`minlash maqsadida mas`ul tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bo`lishidan qat`iy nazar, yurtimizda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to`xtatilishi belgilandi. Bu xaqda SSV xabar berdi.

Sport turlari bo`yicha musobaqalarni muxlislarsiz o`tkazishga ruxsat berildi.

Eslatib o`tamiz, 2021 yilning 1 mayidan konsert-tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroylarida o`tkazilishi vaqtinchalik to`xtatilgan edi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1