1

1 avgustdan O`zbekistonda to`ylar 50 kishidan ko`p bo`lmagan holda o`tkaziladi

Jamiyat 05.07.2021, 23:26
1 avgustdan O`zbekistonda to`ylar 50 kishidan ko`p bo`lmagan holda o`tkaziladi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mas`ul tashkilotlarning tegishli takliflari inobatga olinib, joriy yilning 1 avgustidan boshlab to`yxonalarda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish 50 kishidan ko`p bo`lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qatiy rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 1 aprelidan to`yxonalarda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish 100 kishidan ko`p bo`lmagan hamda sanitariya va gigiena talablariga qatiy rioya etgan holda o`tkazilishi belgilangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1