1

Bugun O`zbekistonda harorat yanada ko`tariladi

Jamiyat 06.07.2021, 08:19
Bugun O`zbekistonda harorat yanada ko`tariladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 6 iyulda O`zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43° atrofida bo`lib, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-46° gacha isiydi.

Poytaxtimizda kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo xarorati 41-43° gacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1