Kuni kecha yurtimizda 496 nafar kishida koronavirus, 172 nafarida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqida Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi.
2021 yil 5 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113568 (+496) nafarni tashkil etgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 19 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 23 nafari Andijon viloyatida,
- 25 nafari Buxoro viloyatida,
- 45 nafari Jizzax viloyatida,
- 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 24 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 21 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 27 nafari Farg`ona viloyatida,
- 21 nafari Xorazm viloyatida,
- 54 nafari Toshkent viloyatida,
- 148 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 39 nafar,
- Andijon viloyatida 39 nafar,
- Buxoro viloyatida 15 nafar,
- Jizzax viloyatida 20 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
- Navoiy viloyatida 13 nafar,
- Namangan viloyatida 10 nafar,
- Samarqand viloyatida 56 nafar,
- Farg`ona viloyatida 39 nafar,
- Toshkent viloyatida 47 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 109349 (+281) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 754 nafarni tashkil qilmoqda.