AsosiyJamiyat

Shvesiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O`zbekistonga olib kelindi

'Shvesiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Qashqadaryolik I.K 2021 yilning fevral oyida Shvesiya davlatiga ishlash uchun borib, 20 iyun kuni salomatligi  yomonlashib, vafot etgan.  Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Oila a`zolarining murojaatiga asosan, O`zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga qaytarish yuzasidan tashkiliy-huquqiy ishlar amalga oshirildi. 3 iyul kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan O`zbekistonga olib kelindi.

Ma`lumot o`rnida, joriy yilning 6 oyida xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda vafot etgan 218 nafar fuqarolarning jasadi Vatanga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar