AsosiyJamiyat

Jamoat joyida ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik bekor qilindi

'Jamoat joyida ibodat libosida yurganlik uchun javobgarlik bekor qilindi'ning rasmi

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi.

 Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik bo`yicha kafolatlangan konstitusiyaviy huquqidir.

Quyidagi maqsadlarda dindan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi:

● konstitusiyaviy tuzumini zo`rlik bilan o`zgartirish;

● suverenitet va hududiy yaxlitlikka putur etkazish;

● fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish;

● urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ`ib qilish;

● fuqarolarning sog`lig`i va axloqiga tajovuz qilish;

● fuqarolar totuvligini buzish;

● vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish;

● aholi o`rtasida sarosima uyg`otish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish.

O`zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat`i nazar, qonun oldida tengdir.

Bir dinga yoki diniy e`tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo`l qo`yilmaydi.  

Qonunga ko`ra, O`zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo`lib, diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o`zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

 Diniy tashkilot O`zbekistonning 18 yoshga to`lgan va 50 nafardan kam bo`lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi. Ilgari 100 nafar edi.

Shuningdek, qonun bilan diniy tashkilotni ro`yxatdan o`tkazishni rad etish hamda ularning faoliyatini to`xtatib turish asoslari belgilandi.

 Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar