AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

'Bugun O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi  bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yilning  6 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, suhbat chog`ida O`zbekiston va ShHT o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari hamda Tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. ShHTga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo`lajak yig`ilishlari kun tartibi va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzuidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyasida ShHT delegasiyasining ishtirokiga alohida e`tibor qaratilgan va ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko`rib chiqilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar